Mudofaa vaziri o‘rinbosarining navbatdagi sayyor qabuli Farg‘ona vodiysida o‘tkaziladi

14

O‘zbekiston mudofaa vaziri tomonidan tasdiqlangan rejaga ko‘ra, vazirning o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikramov boshchiligida mansabdor shaxslardan iborat guruh 12—14 iyun kunlari Sharqiy harbiy okrugi hududidagi viloyat markazlarida sayyor qabullar o‘tkazadi.

Sayyor qabul harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari xamda harbiy pensionerlarning muammolari, talab, taklif va extiyojlarini o‘rganish, ularga amaliy ko‘mak berish maqsadida tashkil etilmoqda.

Sayyor qabullar soat 10.00 dan 16.00ga qadar quyida keltirilgan kunlarda o‘tkaziladi:

• 12 iyun kuni – Namangan viloyati Namangan shahridagi viloyat Yoshlar markazida;
• 13 iyun kuni – Farg‘ona viloyati Farg‘ona shaharidagi viloyat Yoshlar markazida;
• 14 iyun kuni – Andijon viloyati Andijon shahridagi viloyat Yoshlar markazida.

Shuningdek, sayyor qabulga viloyatlarning davlat va jamoat tashkilotlari mansabdor shaxslari ham jalb etiladi.

Eslatib o‘tamiz, may oyining oxirida mudofaa vazirining o‘rinbosari boshchiligida Surxondaryo, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida o‘tkazilgan sayyor qabul vaqtida salkam 500 ta murojaat ko‘rib chiqilib, ularning aksariyati ijobiy hal etilgandi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati