Hayit ayyomi munosabati bilan harbiylar cho‘ponning uyini ta’mirlab berishdi

45

Kecha, 6 iyun kuni Xayit ayyomida Jizzax viloyatidagi harbiy qismlardan birining harbiy xizmatchilari va Baxmal tumani “Vatanparvar” mahallasi faollari 2-guruh nogironi Ahad Ahmedov va boquvchicini yo‘qotgan Mavluda Musurova xonadonlarida bo‘lishdi.

Birinchi xonadon bekasi Shafoat Mutalova turmush o‘rtog‘i 2-guruh nogironligi sababli uyini ta’mirlab berilishini so‘rab bir necha marotaba O‘smat tuman hokimligiga murojaat qilgan va amaliy natija bo‘lmagan.

Ayyom munosabati bilan mazkur xonadonda harbiylar mehmon bo‘lishdi va xonadonni ta’mirlash ishlarini boshlab yuborishdi. Uyning tomi yopilishi uchun materil keltirildi. Nosoz elektr simlari yangisiga almashtirildi. Deraza o‘rnatilib, xonadon ichki qismida montaj ishlari yakuniga yetkazildi.

Shuningdek, Bekkeldi qishlog‘i Baxmal mahallasida istiqomat qilayotgan boquvchini yo‘qotgan Mavluda Musurova va uning qizi 2-guruh nogironi Iroda To‘lqinova oilasiga mikroto‘lqinli pech va oshxona anjomlari sovg‘a qilindi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati