“ArMI—2018”: O‘zbekiston harbiylari Qozog‘istonda “Artilleriya otish ustalari” tanlovida bahslashmoqda

4

Qozog‘istondagi “Gvardeyskiy” poligonida Xalqaro armiya o‘yinlarining “Artilleriya otish ustalari” yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar musobaqaning asosiy bosqichidan oldin o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etishdi.

Mashg‘ulot davomida guruhlar zaxira trassasida transport vositasi yordamida harakatlanish elementlarini bajarish, shuningdek, 120 millimetrli “Sani” minomyoti, tankka qarshi “RPG-7V” granatomyoti,“PKT” pulemyoti va “AK-74” avtomatidan o‘t ochish mashqlarini bajardilar.

O‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar 25 iyul kuni Qozog‘istonning Otar shahriga yetib kelgan bo‘lib, hozirda kerakli barcha texnika va qurollarni qabul qilib olishgan. Eslatib o‘tamiz, “ArMI—2018” Xalqaro armiya o‘yinlarining “Artilleriya otish ustalari” yo‘nalishida 11 davlatdan, xususan,Rossiya, Qozog‘iston, Zimbabve, Ozarbayjon, O‘zbekiston, Venesuyela,Qirg‘iziston, Tojikiston, Belorus Respublikasi, Eron va Suriyadan kelgan ishtirokchilar qatnashmoqda.

1-avgust kuni Qozog‘iston qurolli kuchlariga qarashli 40-harbiy bazada musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi va bellashuvlarga start berildi.

Ma’lumot uchun, Xalqaro armiya o‘yinlarining uchta yo‘nalishi Qozog‘iston hududida o‘tkazilyapti: “Artilleriya otish ustalari”, “Lochin ovi” — uchuvchisiz uchish qurilmalarini boshqarish musobaqasi hamda harbiy aloqachilar o‘rtasida “Ishonchli qabul”.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati